Toshkentda 6 kishi yirik korxonaning 2 milliard so‘mini o‘mardi

Jamiyat

image

Toshkentda noma’lum shaxslar korxona binosiga kirib, u yerdagi seyfdan va hisobchining xonasidan jami 2 mlrd pulni o‘g‘irladi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Voqea joriy yilning 15 avgust kuni soat 21:30 dan 16 avgust kuni soat 17:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxslar, MCHJ binosining tashqi derazasi, shuningdek, moddiy boyliklar saqlanadigan ombor eshigi va temir panjaralarini buzgan holda bino ichiga kirishgan. 

Ular bino ichidagi temir seyfning qulfini temir kesish uskunasi yordamida kesib, seyfning ichida hamda hisobchilar xonasida bir necha sumkalarga solingan taxminan 2 milliard so‘mdan ko‘proq naqd pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, juftakni rostlagan. 

Ushbu o‘g‘irlik jinoyati yuzasidan zudlik bilan Toshkent shahar Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan noma’lum shaxslarga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

O‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu o‘g‘irlikni oq rangli davlat raqami yechib olingan Lacetti rusumli avtomashinada kelgan 6 nafar fuqaro sodir etgani ayon bo‘lgan. Olib borilgan tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatga aloqador yana 2 nafar fuqaro aniqlanib, ular ushbu jinoyatni o‘zaro oldindan til biriktirib sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchilarning shaxsiga oydinlik kiritilgan. Hozirda ular JKning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. O‘g‘irlangan pullar tergov jarayonida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing