Toshkentda kinochilar uchun 9 qavatli uylar quriladi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 noyabr kuni “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga tashrifi davomida “O‘zbekfilm” DUK hududida milliy kinematografiya sohasi ijodkorlari, mutaxassislari va xodimlari uchun ko‘p qavatli ikkita turar-joy binosini qurish va bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish vazifasi topshirilgandi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Milliy kinematografiya sohasi ijodkorlari, mutaxassislari va xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unga muvofiq, ikkita 9 qavatli uylar 2021 yilning 31 dekabriga qadar foydalanishga topshiriladi. Qurilgan uylarning 20 foizi bepul “O‘zbekfilm” DUKga xizmat uylari sifatida beriladi.

Ko‘p kvartirali uy-joylar faqatgina milliy kinematografiya sohasi ijodkorlari, mutaxassislari va xodimlari uchun bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali beriladi.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi uy-joylar qurib bitkazilgandan so‘ng bir oylik muddatda turar joy sharoitlarini yaxshilashga extiyoji bor, kamida 5 yil shu sohada faoliyat yuritgan milliy kinematografiya sohasi ijodkorlari, mutaxassislari va xodimlari ro‘yxatini shakllantirib, ularga kvartiralar ajratadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar