Toshkentda KIA urib yuborishi oqibatida piyoda vafot etdi 

3-sahifa

image

Toshkentda KIA rusumli avtomobil tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan yo‘lovchini urib yubordi. Oqibatda piyoda shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 24 may kuni taxminan soat 21:10 da Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasi 1-uy qarshisida haydovchi M.N. KIA rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 1996 yilda tug‘ilgan I.A.ni urib yuborgan. 

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda I.A. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing