Toshkentda KIA K5 mudhish YTHga uchrab, yonib ketdi

3-sahifa

image

Poytaxt Toshkentning Yunusobod tumanida yo‘ldagi yaxmalak sabab mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Unda KIA K5 rusumidagi avtomobil avval ag‘darilgan, so‘ng yonib ketgan. YTHni Davlat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tasdiqladi. 

Hodisa 16 yanvarga o‘tar kechasi soat 00:20 larda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasida sodir bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi B.R. KIA K5 rusumli transport vositasini yo‘l qatlami muzlaganini hisobga olmasdan boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketishi oqibatida avtoulovda yong‘in chiqib, yonib ketgan.

YTHda tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing