Toshkentda xususiy maktab o‘qituvchisi o‘quvchilarni urdi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi maktablardan birida o‘qituvchi o‘quvchini urgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Mazkur holat 11 noyabr kuni Chilonzor tumanida joylashgan xususiy maktablardan birida sodir bo‘lgani aniqlangan. 5-sinf o‘quvchilari uchun o‘tilayotgan dars jarayonida 1989 yilda tug‘ilgan o‘qituvchi A.N. o‘quvchilarga qo‘pol muomalada bo‘lgan. Shuningdek, ularning qo‘lini qayirib, qulog‘idan tortgan. 

Holat yuzasidan Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarma tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi 300-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qituvchi o‘quvchini urgani haqida xabar berilgandi. Shundan so‘ng, o‘qituvchiga nistaban intizomiy jazo qo‘llangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

196

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing