Toshkentda xorijiy tibbiyot universiteti filiali ochildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

“N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom OTMning Toshkent shahridagi filiali tashkil etildi

Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sog‘liqni saqlash tizimi va aholi salomatligini muhofaza qilish uchun muhim ilmiy-amaliy muammolarni hal qilishga qodir yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash hisoblanadi.  

Filial Universitetning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, ta’lim jarayoni rus tilida olib boriladi. Muassasa ta’lim faoliyatini 2022/2023 o‘quv yilidan boshlaydi.

Abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish universitet tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.

2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston fuqarolaridan 35 nafarining quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha ordinatura dasturlariga muvofiq Universitetda ta’lim olishi tashkil etiladi: 

  • Radiologiya;
  • Onkologiya;
  • Gematologiya;
  • Bolalar onkologiyasi;
  • Endokrinologiya;
  • Nefrologiya;
  • Pulmonologiya;
  • Rentgenendovaskulyar tashxis va davolash;
  • Yurak-qon tomir jarrohligi;
  • Pediatriya;
  • Allergologiya va immunologiya;
  • Neyroxirurgiya.

Shuningdek, davlat granti asosida tahsil olgan Filial bitiruvchilari O‘zbekistonning davlat tibbiyot muassasalarida kamida 5 yil ishlash sharti bilan ishga taqsimlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing