Toshkentda “Xizb ut-Tahrir”ning 10 nafar a’zosi qo‘lga olindi
Jamiyat
−
15 Sentabr 2021
11695Bugun, 15 sentyabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida “Xizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkilotining 10 nafar a’zosi ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, qo‘lga olinganlarning barchasi muqaddam mazkur tashkilot safida sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini o‘tab chiqqan.
Ular Internet tarmog‘i orqali xorijda yashirinib kelayotgan “Xizb ut-Tahrir” a’zolari bilan aloqa qilib, ularning ko‘rsatmalari asosida aholi orasida tashkilot g‘oyalarini targ‘ib qilish va tarafdorlari safini kengaytirish bilan shug‘ullanib kelgan.
Mazkur shaxslarning yashash manzillari va uyali aloqa vositalarida “Xizb ut-Tahrir”ga tegishli bo‘lgan adabiyotlar va materiallar mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olib qo‘yilgan.
Xabarga ko‘ra, hozirda ularning noqonuniy xatti-harakatlariga huquqiy baho berish va javobgarlikka tortish maqsadida, tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi