Toshkentda xitoylik erkakni tunab ketgan ayollar qamaldi

3-sahifa

image

Toshkentda xitoylik erkakni tunab, uning 61,577 million so‘m miqdoridagi buyumlarini o‘g‘irlab ketgan ayollar qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Telegram kanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, D.X. o‘zining voyaga yetmagan tanishi U.A. bilan til biriktirib, tanishi xitoylik erkakning pullarini qo‘lga kiritishni maqsad qilishadi. 

Ayollar erkakning avtomobilida ketayotgan vaqtida D.X. kuch ishlatgan holda uning bo‘ynidan ushlab, bir qo‘li bilan sirkaga botirilgan matoni yuziga bosgan. Biroq, erkak hushidan ketmagan va mashinani to‘xtatib, qochib qolgan.

Shundan so‘ng, D.X. va U.A. avtomobil yukxonasidan xitoylik erkakka tegishli bo‘lgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolik pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ish guvohnomasi, 5 500 dollar, 2 000 Xitoy yuani, 15 000 Rossiya rubli va bir dona flesh-kartasi bo‘lgan ko‘k rangli sumka (ryukzak)ni olib, unga jami 61,577 million so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazib, voqea joyidan yashiringan.

Bundan tashqari, D.X. va U.A. xitoylik erkakka tegishli bo‘lgan hujjatlarni dalaga tashlab, yo‘q qilgan.

Mazkur holat yuzasidan ayollarga nisbatan sud hukm chiqardi. D.X.ga nisbatan 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish, U.A.ga nisbatan esa 1 yil 8 oy 24 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Shuningdek, jabrlanuvchi foydasiga 10 million 651 ming so‘m moddiy zarar undirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

430

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing