Toshkentda xalqaro terroristik tashkilotga aloqadorligi gumon qilingan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi
Jamiyat
−
26 fevral 2020
9702Joriy yilning 26 fevral kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida yashirin faoliyat olib borgan xalqaro terroristik tashkilot va ekstremistik oqim yollovchilarining g‘oyaviy ta’siriga tushgan bir guruh shaxslarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqida IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida noqonuniy diniy yig‘ilishlar o‘tkazib, unda Suriyadagi xalqaro terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilgan. Bundan tashqari, ularni faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, ushbu tashkilotlar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirib kelgan.
“Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2442-moddasi 1-qismi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga raxbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida poytaxt va viloyat hududidagi 24 ta manzilda tintuv tadbirlari o‘tkazilib, 21 nafar shaxs ichki ishlar idoralariga keltirildi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ushbu shaxslarning yashash manzillaridan jinoyatga aloqador bo‘lgan ashyoviy dalillar topilib, qonuniy tartibda rasmiylashtirilib olingan. Ayni damda tergov-surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi