Toshkentda kelin qaynonasini 20 marotaba pichoqladi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida kelin qaynonasini 20 marotaba pichoqladi. Bu haqda “Millar” ko‘rsatuvida xabar berildi.

Qayd etilishicha, kechqurun soat 03:00 da kelin qaynonasi uxlayotgan xonaga kirib, unga 20 marotaba pichoq urgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, kelin ushbu jinoyatni sodir etish uchun uy yerto‘lasidan oila a’zolari uxlashini 9 soat davomida kutgan. Shundan so‘ng, u qo‘liga tibbiyot qo‘lqopini kiyib, maxsus pichoqda qaynonasini pichoqlagan.

“Menga 20 marotabadan ko‘p pichoq urdi, agar uyg‘onmaganimda aniq meni o‘ldirardi. Men unga qarshilik ko‘rsatdim, lekin u to‘xtamasdan menga pichoq urdi. Hozir bitta qo‘lim umuman ishlamayapti, lekin kelinim hali ham ozodlikda”, deydi qaynona.

Jabrlanuvchining qiziga ko‘ra, kelin ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lgan.

“Onamni 20 marotaba pichoqlagan kelin keyinchalik kelib yana kimnidir pichoqlamasligiga kim kafolat beradi. Bilishimizcha, u hozir ham ozodlikda yuribdi”, deydi jabrlanuvchining qizi.

Oila-a’zolarining so‘zlariga ko‘ra, mazkur holatga kelin va qaynona o‘rtasidagi nizoli holatlar sabab bo‘lgan. 

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 109-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing