Toshkentda quruvchilar ommaviy janjallashdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 20 fevral kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 30 dan ortiq yigit o‘rtasida ommaviy janjal yuz berdi

Qayd etilishicha,  yigitlarning barchasi hududdagi qurilish kompaniyasi ishchisi bo‘lgan. Jizzaxdan Toshkentga kelib ishlayotgan yigitlar o‘rtasidagi janjal o‘zaro kelishmovchilik sababli kelib chiqqan.

Voqea joyiga tuman profilaktika inspektori yetib kelgan. Lekin yigitlar unga faol qarshilik ko‘rsatgan. Voqea oqibatida hech kimga jiddiy tan jarohati yetkazilmagan. Hozirda 28 nafar yigit qo‘lga olingan bo‘lib, janjalning qolgan ishtirokchilariga nisbatan tezkor surishturuv ishlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudi hukmiga ko‘ra, 2 nafar huquqbuzar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi 1-qismi hamda 195-moddasi bilan aybli deb topilib, 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Qolgan huquqbuzarlarga esa 10 sutkadan qamoq jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing