Toshkentda qurilishlarga moratoriy e’lon qilinadi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentda bosh reja bo‘lmaguncha, yangi qurilishlarga moratoriy e’lon qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 8 fevral kuni Sergeli tumani faollari bilan o‘tkazayotgan yig‘ilishida ma’lum qildi. 

Davlat rahbari qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama bo‘yicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani, yashil maydonlar tashkil qilish ishlari qurilishlar bilan hamohang olib borilmayotganini tanqid qildi.

Shu bois, shaharning bosh rejasi tasdiqlanmaguncha yangi qurilishlarga moratoriy e’lon qilinishi ta’kidlandi. 

Shuningdek, yig‘ilishda 2023 yilda Toshkent shahrining yashillik darajasini 28 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi. 

Shu maqsadda 100 gektar maydonda yangi bog‘ tashkil qilinadi. “Toshkent yashil belbog‘i” loyihasi boshlanib, bahor mavsumida 525 ming tup daraxt va butalar, 20 million tup gul ko‘chatlari ekiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing