Toshkentda qo‘lini kesgan ayol nega “tez yordam”ga qarshilik ko‘rsatdi?

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lning qatnov qismida ayol kishi unga tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qarshilik qilayotganligi aks etgan video tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIB rasmiy izoh berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 29 mart kuni taxminan soat 18:00 larda 1987 yilda tug‘ilgan ayol – T.T. uyidagi oilaviy mojaro sababli o‘zining qo‘lini kesgan. U tez tibbiy yordam avtomashinasida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun olib ketilayotgan vaqtda Bektemir tumani Xusayn Boyqaro ko‘chasida tibbiyot xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, salondagi maxsus jihozlarni tepib sindirgan. Haydovchi fuqaroni tinchlantirish maqsadida avtomashinani to‘xtatgan vaqtda ayol yonidagi turmush o‘rotog‘i va tibbiyot xodimlarining gapiga qaramasdan, yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan. T.T. transport vositalari harakatlanishi uchun xavfli holatni yuzaga keltirib, jamoat tartibini buzgan, unga tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qarshilik qilgan. Hodisa joyiga yetib kelgan IIO xodimlarining aralashuvi bilan T.T. tibbiyot muassasasiga olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing