Toshkentda qiymati 50 mln dollarlik turar-joy binosi quriladi

Jamiyat

image

Mirzo Ulug‘bek tumanida investitsiya dasturi asosida 50 mln. AQSH dollari qiymatidagi turar joy va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari quriladi. Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati bu haqda xabar berdi. 

Loyihaga asosan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Muhammad Yusuf ko‘chasidan 3,15 gektar yer maydoni ajratilgan. 

Bu yerda 3 ta lotda qurilish ishlari olib boriladi. Unga ko‘ra, 3 ta 11 qavatli va shuncha yo‘laklarga ega bo‘lgan 800 xonadondan iborat bo‘lgan zamonaviy ko‘rinishdagi turar joy  binosi va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari barpo etiladi. 

– Majmua zamonaviy ko‘rinish va yuqori sharoitlarga ega bo‘ladi. Loyihaga ko‘ra, ko‘p qavatli uylardan tashqari mehmonxona, restoranlar, tibbiyot markazi, maktabgacha ta’lim muassasalari hamda maktab binosi ham baropo etiladi, – deydi tadbirkor Shuhrat Nazarov. – Loyihada xorijlik, jumladan xitoylik va rossiyalik tadbirkorlar ham ishtirok etmoqda. Ular tomonidan 24 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritiladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

136

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing