Toshkentda qalbaki saqichlarni pullayotgan shaxs aniqlandi
Jamiyat
−
27 yanvar 2023
9316Toshkent shahrining Mirobod tumanida xavfsizlik talablariga javob bermaydigan “Orbit” saqichlarining muomalaga kiritilayotgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo‘limi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mirobod tumanida fuqaro ushbu mahsulot yorlig‘i ostida tayyorlangan 18 ming dona saqichni boshqa bir fuqaroga 54 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chiqarish) va 149-moddasi (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 yanvar kuni Surxondaryoda 76 yoshli otaxon qonunga xilof ravishda moyjuvozda yog‘ ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani uchun sudlangan edi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi