Toshkentda qalbaki dollar sotayotgan guruh ushlandi

3-sahifa

image

Toshkentda qalbaki dollar sotayotgan shaxslar ushlandi. Ulardan qariyb 7 ming “dollar” olib qo‘yilgan. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lum qildi.

DXX va DBQ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 3 nafar shaxs oldindan til biriktirib, boshqa bir fuqaroga 6900 AQSH dollarini noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olindi.

Tadbir davomida mazkur kupyuralar qalbaki ekanligi ham fosh bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

dollar

Baholaganlar

319

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing