Toshkentda qalbaki 6350 dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahri Uchtepa tumanida qalbaki AQSH dollarini muomalaga kiritish holati aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.I. qalbaki valyutani muomalaga kiritish maqsadida, fuqaro R.dan “Sigvey” nomli vositani 50 AQSH dollariga sotib olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, fuqaro J.I. R.dan 58 quti “Orbit” saqichlarini sotib olishda qalbaki 6300 AQSH dollarini bergani aniqlanib, jami 6350 qalbaki AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
  
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing