Toshkentda qalbaki 100 ming so‘mlik pul ishlab chiqarayotganlar ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Olmazor tumanida qalbaki 100 ming so‘mlik kupyura ishlab chiqarayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBBning Olmazor tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.N. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro M. ga 100 ming so‘mlik kupyuradagi 500 dona qalbaki 50 mln so‘mning har birini 20 ming so‘mdan hisoblab, 10 mln so‘mga o‘tkazgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, tadbirda A.N. bilan birga kelgan fuqaroning avtomobili va yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, yana 66 dona seriya va raqamlari bir xil bo‘lgan qalbaki 100 ming so‘mlik kupyura, qalbaki pullarni yasashda foydalanilgan rangli printer va boshqa uskunalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan A.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

295

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing