Toshkentda Islom Karimov vals va raqslar bilan xotirlandi (video)

Tahlil

Joriy yil 2 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafot etganiga 3 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan joylarda xotira tadbirlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kuni poytaxt Toshkentda joylashgan Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi.

Xotira tadbirlari Toshkentdagi Mehribonlik uylari va qariyalar uyida ham bo‘lib o‘tgan. Toshkent shahar hokimligi tarqatgan videolavhaga ko‘ra, qariyalar uyida mamlakatni 27 yil boshqargan Islom Karimov vals va raqslar bilan xotirlangan. Kuy-qo‘shiqlar avjida dasturxonga osh tortilgan. 

22-Mehribonlik uyida o‘tgan xotira tadbiri qariyalar uyidagiga qaraganda ancha sokin o‘tgan. Bu yerda dasturxonga osh tortilgan, xolos. 

Ma’lumot o‘rnida, Islom Karimov 2016 yilning 3 sentyabr kuni o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Samarqand zaminiga dafn etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

111

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing