Toshkentda infokioskani o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
11 mart 2023
6220Toshkent shahrida do‘kon qarshisidagi infokioska (Paynet qurilmasi)ni o‘g‘irlab ketgan erkak ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, huquq-tartibot idoralariga Mirobod tumanida noma’lum erkak oziq-ovqat do‘koni yoniga o‘rnatilgan infokioskani o‘g‘irlab ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Mazkur terminal qiymati 31 million so‘mga baholangan.
IIB xodimlarining sa’y-harakati bilan o‘g‘irlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olingan. So‘roq davomida 33 yoshli B. ismli shaxs o‘sha kuni do‘stidan mashinasini olib turgani, oziq-ovqat do‘koni ro‘parasiga o‘rnatilgan infokioskani mashinaga ortib, kanalga olib borgani va o‘sha yerda moslamalar yordamida infokioskani ochib, uning ichidagi 7 million so‘mni olganini tan olgan. B. ismli shaxs pulni olgach, terminalni kanalga tashlab yuborgan.
Shuningdek, u kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ta’sirida bo‘lganini aytgan.
“O‘sha kuni dori ichgandim. Odatda kuniga bittadan ichaman. Qilgan ishimdan pushaymonman, boshqa bunday qilmaslikka va’da beraman”, deydi gumonlanuvchi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi