Toshkentda ikkita avtobus yo‘nalishi o‘zgartirildi

Jamiyat

image

Kecha, 11 maydan boshlab Toshkentda ikki avtobus yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ ma’lum qildi.

Jumladan, “12-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 40-sonli “Sergeli mavzesi 12-daha - Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishining harakatini Qipchoq ko‘chasidan yangi qurib bitkazilgan Choshtepa (avvalgi Fayzli ko‘chasi), Obihayot, Yangi Sergeli yo‘li ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etiladi.

Shuningdek, “12-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 75-sonli “Toshkent metallurgiya zavodi - Oqtepa maydoni” avtobus yo‘nalishining harakatini “Surum mahallasi" so‘nggi bekatidan 4R21 Toshkent aylanma yo‘li, Chortoq, Qanora, Mag‘rib, Davlatobod, Qo‘rg‘ontepa, Qipchoq, Yangi Sergeli yo‘li, Obihayot, yangi qurib bitkazilgan Choshtepa (avvalgi Fayzli ko‘chasi), Qatortol ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

395

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing