Toshkentda IIO xodimlari va fuqarolar o‘rtasida mojaro yuz berdi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Chilonzor tumanida yuz bergan ichki ishlar organlari xodimlari va fuqarolar o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyat aks etgan videotasvir tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, bugun, 12 sentyabr’ kuni taxminan soat 12:20 larda Chilonzor tumanidagi Bunyodkor va KXAY ko‘chalari kesishmasida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari Cobalt avtomobil’ haydovchisi 35 yoshli B.Ulug‘bekni yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun to‘xtatgan.

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga bayonnoma rasmiylashtirish jarayonida yo‘l chetida to‘xtab turgan avtomobil’ haydovchisi 29 yoshli T.Ramazon aralashgan va xodimlarning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilib, janjal ko‘targan hamda IIO xodimiga faol qarshilik ko‘rsatib, tan jarohati yetkazgan.

Qayd etilishicha, huquqbuzarning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yish maqsadida yaqin orada xizmat olib borayotgan PPX xodimlari yetib kelishgan. IIO xodimlari T.Ramazonni yaqin oradagi IIBga olib ketish uchun transport vositasiga o‘tqazish jarayonida aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

“Janjal ishtirokchilari Chilonzor tumani IIO FMBga olib borilgan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgan barcha fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ularning qilmishiga huquqiy baho beriladi va ularga nisbatan qonuniy chora ko‘riladi”, deyiladi IIBB xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1098

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing