Toshkentda IIB xodimlari ayollarni mashinaga “bosib” olib ketdi. IIBB holatga izoh berdi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Ichki ishlar xodimlari va bir nafar fuqaro kiyimidagi shaxs biri homilador, biri voyaga yotmagan bo‘lgan ikki nafar ayolni qo‘lini qayirib, mashinaga majburlab o‘tkazayotgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu video yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati malumot berdi.

Malum qilinishicha, kecha, 31 may kuni Toshkent shahar Olmazor tumani Qoraqamish dahasidagi maxsus chiqindi tashlash punktida vaqtincha yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan Sayyodxon Z. mast holatda o‘zining turmush o‘rtog‘i Ozod M. bilan janjallashgan.So‘ng 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, homilador ekanligini va homilasidan xavotirlanayotganini aytgan.

Shundan keyin, Sayyodxon Z. soat 00:05 larda o‘zining 1 yoshli farzandi va voyaga yetmagan jiyani Ruzigul Z. bilan birga tez tibbiy yordam mashinasida Olmazor tumanidagi 3-sonli tug‘ruqxonaga olib kelingan. Ayol tekshirilganda homilaning ahvoli yaxshi ekanligi sababli uyiga ketishiga ruxsat berilgan.

So‘ng, u va jiyani tug‘ruqxona hududida qorovul bilan janjallashgan. Buni ko‘rgan fuqarolar 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, ushbu janjal haqida xabar berishgan.

Hodisa joyiga yetib kelgan profilaktika inspektorlari va PPX xodimlari, janjallashayotgan Sayyodxon Z. (videotasvirda qo‘lida bolasi bor bo‘lgan) va Ro‘zigul R.ni tinchlantirishga harakat qilishgan. Biroq ular ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketishgan. 

Voqeaning guvohi bo‘lgan Sayyodxon Z.ning qarindoshi (videotasvirda Sayyodxon Z.ni ushlab turgan oq futbolkadagi fuqaro ichki ishlar organi xodimi emas) va boshqa fuqarolar ichki ishlar organlari xodimlariga yordam berish maqsadida ushbu ayollarni tinchlantirishga harakat qilishgan. 

Ayol qo‘lidagi farzandini tushirib yubormasligi uchun, fuqarolar uning qo‘lidan farzandini olishgan. Shundan so‘ng barcha ishtirokchilar Olmazor tumani 6-sonli IIBga olib kelingan.

Xabarga ko‘ra, Sayyodxon Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) alomatlari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqishlik uchun sudga taqdim etilgan.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

905

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing