Toshkentda ichki ishlar xodimi qanday o‘ldirilgani ma’lum qilindi

3-sahifa

image

Olmazor tumanida profilaktika inspektori oilaviy mojaro sabab inspektorni chaqirgan ayolning eri tomonidan o‘ldirilgan. Bu haqda bugun, 1 dekabr kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Hamza Mahsumov ma’lum qildi. 

Kecha, 30 noyabr kuni soat 00:50 larda Toshkent shahar Olmazor tumani IIO Faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi profilaktika inspektori katta leytenant N.Bobomurodov, tumanning “G‘alaba” mahallasiga tezkor chaqiruv bo‘yicha yetib borgan. 

Qayd etilishicha, Bobomurodovning joniga qasd qilgan B.Z.ning rafiqasi qo‘ng‘iroq qilib, oilaviy mojaro, eri unga tazyiq o‘tkazayotgani haqida xabar berib, yordam so‘ragan. Chaqiruvga ko‘ra, profilaktika inspektori yetib borgan. Xodim o‘z avtomobilida o‘tirgan vaqtida murojaat qilgan ayolning turmush o‘rtog‘i B.Z. kelib, ikki marta pichoq tiqqan.  

N.Bobomurodov voqea joyida vafot etgan. 

Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi (“Qasddan odam o‘ldirish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘p o‘tmay B.Z. qo‘lga olindi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1704

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing