Toshkentda GWM WINGLE 7 taqdimoti: pikaplar olamida mukammallik sari yangi qadam

Biznes

image

2024 yil 14 sentyabr kuni Toshkentda Great Wall Motor avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori, ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan GWM WINGLE 7 pikapining taqdimoti bo‘lib o‘tdi va uning rasman sotuvi boshlandi. Mazkur avtomobil o‘zining ajoyib xususiyatlari va funksionalligi bilan nafaqat mutaxassislar, balki avtohavaskorlar e’tiborini ham tortdi.  

Shuni ta’kidlash kerakki, Great Wall Motor ketma-ket 26 yil davomida Xitoyda pikaplar savdosi bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. GWM rusumli pikaplarining Xitoy ichki bozorida sotilish ulushi esa umumiy hajmning deyarli yarmiga yetdi. Xitoyda sotilgan har ikkinchi pikap GWM brendiga tegishli.

Dunyo miqyosida butun vaqt davomida sotilgan GWM pikaplarining umumiy soni 2,58 million donadan oshdi.

GWM WINGLE 7 zamonaviy pikap bo‘lib, o‘zida qudrat va ishonchlilikni mujassamlashtiradi. U atmosferali benzinli dvigatel bilan jihozlanganligi sababli yonilg‘i sifatiga kamroq darajada talabchan, bu esa o‘z navbatida undan foydalanishni yanada qulayroq qiladi. Dvigatelning maksimal quvvati 149 ot kuchiga erishishi WINGLE 7 ga xoh asfaltlangan, xoh boshqa turdagi yo‘llarda turli vazifalarni ishonchli bajarishga imkon beradi.

WINGLE 7 ning asosiy xususiyatlaridan biri – bu pasaytiruvchi uzatma va orqa differensial bloklovchi to‘liq yuritmali tizimga egaligi. Mazkur tizim hududning murakkab qismlarida harakat qilishda a’lo darajadagi o‘tish imkoniyati va ishonchlilikni ta’minlaydi.

WINGLE 7 kabinasi ikki qatorli ishlanganligi uchun besh nafargacha yo‘lovchini sig‘dira oladi va to‘rtta eshikdan iborat, shu sababli uni kirish uchun qulay qiladi. Avtomobilning uzunligi 5395 mm bo‘lib, bu uni o‘z sinfidagi birinchi o‘rinlardan biriga qo‘yadi. 3350 mm bo‘lgan g‘ildirak bazasi va 212 mm bo‘lgan klirens harakat vaqtida, ayniqsa to‘liq yuklamada barqarorlik va qulaylikni ta’minlaydi.

Pikapning yuk ko‘tarishning foydali yuklamasi 975 kg ni tashkil qilib, bu ham o‘z sinfidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Yuk bo‘limining uzunligi 1680 mm ga ega bo‘lishi, ko‘p miqdordagi yuklar yoki sport anjomlarini tashish imkonini beradi, bu o‘z navbatida faol dam olish ishqibozlari uchun WINGLE 7 ni mukammal tanlovga aylantiradi.

Toshkentda o‘tkazilgan GWM WINGLE 7 taqdimoti nafaqat innovatsion texnologiyalarni, balki iste’molchilar ehtiyojlariga e’tiborni ham namoyish etdi. Mazkur pikap o‘zining qudratli tavsifi va yuqori darajadagi qulayligi tufayli shahar bo‘ylab safar qilish uchun ham, tabiatga sayohat qilish uchun ham juda mos keladi. O‘zbekiston avtomobil ishqibozlari uchun WINGLE 7 ish, biznes, uy, kundalik vazifalar uchun ishonchlilikni, shuningdek, tabiatga qiziqarli sayohat qilish imkoniyatini o‘zida mujassamlashtirgan ajoyib tanlov bo‘ladi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made