Toshkentda giyohvand moddani reklama qilish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi 

Jamiyat

image

Toshkent shahrida giyohvandlik vositalarini sotish bilan shug‘ullanayotgan internet-do‘konlarni targ‘ib qiluvchi fuqarolar aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi xabar berdi

Qayd etilishicha, joriy yilning 24 avgust kuni IIVning giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish yo‘nalishida tashkil etilgan “@stopnarko_bot” Telegram kanaliga anonim foydalanuvchidan ma’lumot kelib tushgan.

Telegram kanaliga 2 nafar noma’lum shaxs tomonidan Toshkent shahrida giyohvandlik vositalarini reklama ko‘rinishidagi graffitlarni ko‘p qavatli uylarning devorlarga yozish bilan shug‘ullanayotganligi to‘g‘risida foto va videotasvirlar yuborilgan.

Xabar yuzasidan vazirlik jinoyat qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Toshkent shahrida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida:

  • Mirzo Ulug‘bek tumani TTZ-4 mavzesidagi 6, 7, 8, 9, 10-ko‘p qavatli uylarning devorlarida 25 ta;
  • Yashnobod tumani “Aviasozlar” (eski “Kadisheva”) dehqon bozoriga kirish joyi yonidagi ko‘p qavatli uylarning devorlarida 15 ta;
  • Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi “Qo‘yliq” qurilish mollari bozori ro‘parasidagi 9 qavatli uylarning devorlarida 22 ta, jami 62 ta bir xil turdagi giyohvandlik moddalarini sotuvchi internet do‘konlarini targ‘ib qiluvchi graffitlar yozib ketilganligi aniqlangan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, 26 avgust kuni, Yashnobod tumani Lisunova-1 mavzesida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan Mironova Anastasiya Sergeyevna, Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan Savenkov Vladislav Maksimovich hamda ularning jinoiy sherigi Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida yashovchi, Chilonzor tumanida joylashgan spirtli ichimliklar do‘koni sotuvchisi, 1993 yilda tug‘ilgan Salyukov Dmitriy Ravilevich qo‘lga olingan.

Xabarga ko‘ra, hozirda mazkur jinoiy guruhning qolgan a’zolarini hamda ularni moliyalashtirgan rahnamolarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

“Shu o‘rinda fuqarolarimizdan, agar siz yoki yaqinlaringiz mazkur shaxslarning harakatlaridan jabrlangan yoki ularning jinoiy faoliyati haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz darhol ichki ishlar organlariga xabar berishingizni yoki 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

166

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing