Toshkentda Future Intelligence Forum 2026 bo‘lib o‘tdi – sun’iy intellekt davrida raqamli iqtisodiyot, texnologiyalar va boshqaruv
Biznes
−
15:58 336 5 daqiqa
Kecha, 23 sentyabr kuni ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida Future Intelligence Forum 2026 bo‘lib o‘tdi. Forum davlat organlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, texnologik kompaniyalar, biznes, moliya sektori, akademik hamjamiyat hamda sun’iy intellekt sohasidagi ekspertlarni birlashtirdi.
Forum Huawei tomonidan Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi bilan birgalikda, IT-ta’lim assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida tashkil etildi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Mahsudov ochib berdi. U davlat rahbarining alohida e’tibori bilan raqamli texnologiyalarni rivojlantirish davlat boshqaruvining barcha darajalarida ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini ta’kidladi.
“Iqtisodiyotni rivojlantirish va aholi turmush sifatini yaxshilash uchun raqamli texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sun’iy intellekt tibbiyot, ta’lim, sanoat va boshqa ko‘plab sohalardagi vazifalarni bajarishga yordam bermoqda. Xalqaro hamkorlik ham katta ahamiyatga ega. O‘zbekistonning Sun’iy intellekt sohasida hamkorlik bo‘yicha Butunjahon tashkilotiga a’zo bo‘lishi mamlakatimiz uchun muhim qadam bo‘ldi. Ishonchim komilki, ushbu uchrashuv ham hamkorlikni yanada mustahkamlashga va mamlakatimiz uchun foydali loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi”, dedi Jamol Mahsudov.
.jpg)
Forumning asosiy mavzusi sun’iy intellekt davrida raqamli iqtisodiyot, texnologiyalar va davlat boshqaruvi bo‘ldi. Muhokamalar sun’iy intellekt, raqamli infratuzilma va ma’lumotlar imkoniyatlarini davlat xizmatlarini yaxshilash, biznesni rivojlantirish va odamlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadigan amaliy yechimlarga aylantirish masalalariga qaratildi.
Ikki soatlik dastur strategik ma’ruzalar, xalqaro tajriba, milliy tashabbuslar, mahalliy ishlanmalar namoyishlari va panel muhokamasini birlashtirdi.
Strategiyadan amaliy yechimlargacha
Forumda milliy SI ekotizimini rivojlantirish, davlat, biznes, ta’lim va dasturchilar o‘rtasidagi hamkorlik, shuningdek, raqobat va raqamli suverenitet masalalari muhokama qilindi. Sun’iy intellekt rivojlanishi sharoitida ma’lumotlar va hisoblash resurslaridan foydalanish imkoniyati, raqobatbardosh texnologik muhit va davlatning yangi roli alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Elektron hukumat va davlat xizmatlarini avtomatlashtirish ham muhim yo‘nalishlardan biri bo‘ldi. Sun’iy intellekt va zamonaviy raqamli platformalar fuqarolar va biznes uchun xizmatlarni yanada qulay qilish, jarayonlarni avtomatlashtirish va davlat bilan o‘zaro aloqaning yangi shakllarini yaratish imkonini beradi.
Muhokama xalqaro tajriba bilan davom etdi. “SuperApp’dan AI’gacha” modeli misolida ma’lumotlar, raqamli xizmatlar va platforma ekotizimlari yangi avlod intellektual xizmatlari uchun qanday asos bo‘lishi mumkinligi ko‘rib chiqildi.
.jpg)
AI White Paper: O‘zbekiston uchun yangi tashabbus
Future Intelligence Forum doirasidagi muhim e’lonlardan biri O‘zbekistonda sun’iy intellekt bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish va Oq kitob – AI White Paper tayyorlash tashabbusi bo‘ldi.
Hujjatda xalqaro tajriba va yondashuvlarni o‘rganish, O‘zbekiston uchun dolzarb imkoniyat va vazifalarni tahlil qilish ko‘zda tutilmoqda. White Paper mavjud amaliyotlarni tizimlashtirish, mamlakat uchun maqbul yondashuvlarni aniqlash va milliy SI ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni shakllantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
“Bugun biz sun’iy intellekt kelgusi texnologik va iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan biriga aylanayotgan yangi bosqichga qadam qo‘ymoqdamiz. Mamlakatda sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi tasdiqlangan. Uning asosida hisoblash infratuzilmasini rivojlantirish, sun’iy intellektni iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruviga joriy etish, kadrlar tayyorlash va texnologik ekotizimni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qarorlar izchil qabul qilinmoqda. Biz strategik va institutsional bazani shakllantirishdan sun’iy intellektni amaliy va keng miqyosda joriy etishga bosqichma-bosqich o‘tmoqdamiz”, dedi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos.
.jpg)
Mahalliy yechimlar, infratuzilma va kadrlar
Forumda O‘zbekistonda yaratilgan amaliy SI-yechimlari ham namoyish etildi. Ulardan biri raqamli avatar AI human bo‘lib, bunday texnologiyalar biznes, ta’lim va boshqa yo‘nalishlarda virtual maslahatchilar va assistentlar sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Shuningdek, sun’iy intellektni keng miqyosda joriy etish uchun zarur bo‘lgan hisoblash resurslari, bulutli platformalar, ma’lumotlar markazlari va tarmoqlarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Alohida e’tibor SI iqtisodiyoti uchun kadrlar tayyorlashga qaratildi. Mutaxassislar nafaqat tayyor sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishi, balki o‘z yechimlarini yaratish, integratsiya qilish va keng miqyosda joriy eta olishi muhimligi qayd etildi.
Digital Economy Acceleration
Forumning yakuniy qismi Digital Economy Acceleration panel muhokamasi bo‘ldi. Unda davlat siyosati, tartibga solish, mintaqaviy va xalqaro hamkorlik, ta’lim, elektron tijorat, moliya sektori hamda SI asosidagi mahalliy yechimlar muhokama qilindi.
Ishtirokchilar texnologik rivojlanish erkinligi va davlat tomonidan tartibga solish o‘rtasidagi muvozanat, shuningdek, infratuzilma, ma’lumotlar, standartlar va kompetensiyalar sohasidagi mintaqaviy hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdilar.
“Sun’iy intellekt shunchaki texnologik innovatsiya bo‘lishdan to‘xtagani barchaga ma’lum. U elektr energiyasi, internet va kosmik texnologiyalar kabi strategik infratuzilmaga aylanmoqda. Sun’iy intellekt sohasidagi Butunjahon hamkorlik tashkiloti yoki qisqacha WAICO’ning tashkil etilishi muhim tarixiy qadamdir”, dedi Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi raisi Vladimir Norov.
.jpg)
Panel davomida SIni elektron tijorat va moliya sektorida qo‘llash, mijozlar tajribasini yaxshilash, samaradorlikni oshirish, xatarlarni boshqarish va yangi raqamli mahsulotlarni yaratish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Mazmunan boy ishbilarmonlik dasturiga yosh iste’dodlarning jonli musiqiy chiqishi yoqimli qo‘shimcha bo‘ldi. Panel muhokamasiga o‘tish saksofonning ohangdor sadolari ostida kechdi. Texnologiyalar, professional muloqot va jonli musiqaning uyg‘unligi forumda fikr almashish uchun o‘ziga xos va qulay muhit yaratdi.
.jpg)
Future Intelligence Forum 2026 bir yil avval ICTWEEK 2025 doirasidagi Digital Economy Forum’da boshlangan professional muloqotni davom ettirdi. Bu yil asosiy e’tibor sun’iy intellekt imkoniyatlarini amaliy natijalarga aylantirish masalasiga qaratildi.
Forumdagi ma’ruzalar, namoyishlar va muhokamalar sun’iy intellekt davrida davlat strategiyasi, raqamli suverenitet, xalqaro hamkorlik, infratuzilma, mahalliy ishlanmalar, ta’lim va biznes bir-biri bilan uzviy bog‘liq ekanini ko‘rsatdi.
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi