Toshkentda fuqaroning uyiga bostirib kirgan guruh a’zolari ushlandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta yigitlar boshqa fuqaroning uyiga bostirib kirib, unga tan jarohati yetkazgani aks etgan videolavhalar tarqalgandi. Tarmoqda muhokamalarga sabab bo‘layotgan ushbu lavha “qahramon”lari qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2 noyabr kuni 1999 yilda tug‘ilgan  I.M., 2000 yilda tug‘ilgan A.R. va 2005 yilda tug‘ilgan F.K. oldindan tanishi bo‘lgan 1993 yilda tug‘ilgan D.A. bilan o‘zaro og‘zaki janjallashib qolgan. Ular taxminan soat 21.00 larda Shayxontohur tumanidagi D.M. istiqomat qilayotgan xonadonga turar joy daxlsizlgini buzib kirib, unga tan jarohati yetkazgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur jarayonni 2005 yilda tug‘ilgan F.K. video tasvirga olgan, so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda layk yig‘ish maqsadida videoni tarqatib yuborgan.

Holat yuzasidan Shayxontohur tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksning 105-moddasi (“Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish”) va 142-moddasi (“Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

464

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing