Toshkentda fuqaroni Shvetsiyaga jo‘natishni va’da qilgan MCHJ rahbari ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Chilonzor tumanida fuqaroni Shvetsiya davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan MCHJ rahbari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi  Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, “T.F.” MCHJ rahbari Sh.F. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uni Shvetsiyaga yuborish va ishga kiritib qo‘yish masalasini 4 000 AQSH dollari evaziga hal qilib berishga kelishgan. 

Shundan so‘ng, MCHJ rahbari va’da qilingan puldan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

147

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing