Toshkentda fuqaroni Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahrida fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga jo‘natishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro K.A. fuqaro U.A. ning ishonchiga kirib, uni va o‘g‘lini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Koreya Respublikasiga ishga jo‘natib berishni va’da qilib, evaziga 8000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan K.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing