Toshkentda fuqaroni 82 500 dollarga “uxlatgan” shaxs ushlandi
Jamiyat
−
08 fevral 2021
8016Toshkent shahrida fuqaroning 82 500 AQSH dollarini qo‘lga kiritgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura QALAMPIR.UZ’ga xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro O.A. fuqaro Sh.K. ning ishonchiga kirib, unga Rossiya Federatsiyasidan “Koller” nomli turli rang beruvchi bo‘yoq mahsulotlarini olib kelib berishini va’da qilgan. Evaziga uning 82 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.
LiveBarchasi