Toshkentda fuqarolar janjallashdi. Izoh berildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish shoxobchasida bir nechta fuqaro o‘zaro janjallashayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holatga Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 17 yanvar kuni taxminan soat 18.50 larda 1989 yilda tug‘ilgan Ya.A. Shayxontohur tumanidagi "Paynet" shoxobchasiga kirib, 2005 yilda tug‘ilgan T.K.dan plastik kartasiga 7 mln so‘m tushirishni so‘ragan. Biroq bergan naqd ko‘rinishdagi pulida bu miqdor kam chiqqan. 

Shuningdek, Ya.A. 2023 yilning 25 dekabr kuni aynan shu shoxobchada plastik kartasiga 10 mln so‘m tushirtirgan, biroq bergan naqd puli ushbu qiymatdan 3 mln so‘m kam chiqqan. Shunga qaramay, "uddaburon mijoz" qolgan pulni to‘lamasdan chiqib ketgan.   

Shoxobcha xodimi Ya.A.dan shu 3 mln so‘m pulni qaytarib berishini talab qilganida, ular o‘rtasida og‘zaki nizo chiqqan. Ushbu janjalli vaziyatga Ya.A.ning tanishi bo‘lgan ikki qiz – 2004 yilda tug‘ilgan M.S. va 2005 yilda tug‘ilgan N.M. aralashgan. Buning oqibatida hech kim jarohat olmagan. 

"Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi", deyiladi munosabatda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent janjal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing