Toshkentda fuqaroga asl oltin tanga va uning nusxalarini sotgan shaxs ushlandi
Jamiyat
−
10 fevral 2021
5982Toshkent shahr Chilonzor tumanida fuqaroga muqaddam asl oltin tangani noqonuniy o‘tkazib, keyin ularning nusxalarini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prkuraturasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.M. fuqaro N. va M.larning ishonchiga kirib, ularga rangli metall ko‘rinishidagi 4 dona tangani go‘yoki 1899 yilda Rossiya imperiyasida ishlab chiqarilgan haqiqiy qadimiy tanga sifatida baholab, 56,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Shuningdek, G.M. muqaddam N. ga 1 dona rangli metall tangani qadimiy tanga sifatida baholab 14,1 mln so‘mga sotganligi aniqlangan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 5 dona tanganing 1 tasi 1899 yilda Rossiya imperiyasida ishlab chiqarilgan haqiqiy oltin tanga ekani, qolganlari uning nusxasi ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi