Toshkentda fohishaxonaga aylantirilgan SPA-salon aniqlandi

3-sahifa

image

Toshkentning Yashnobod tumanida SPA-salon nomi bilan faoliyat olib borayotgan fohishaxona aniqlandi. Bino boshqaruvchisi esa  bunday holatdan xabari yo‘qligini aytyapti. Bu haqda “Zo‘r tv” telekanalining “25 soat” dasturida ma’lum qilingan.

Toshkent shahar IIBB va boshqa aloqador idora vakillari bilan SPA va massaj salonlarida o‘tkazilgan tezkor reyd jarayonida noqonuniy holatlar aniqlangan. Xususan, Yashnobod tumanida o‘tkazilgan reyd davomida tekshirilgan maskanda SPA-salon nomi ostida fohishaxona ochilgani ma’lum bo‘lgan.

U yerdagi bir nechta xonalar ko‘zdan kechirilib, aysh-ishrat qilayotgan ayol va erkaklar to‘dasi qo‘lga olingan. Bu yerdagi devorga osilgan suratlardan tortib o‘tirish, dam olish joylarigacha barchasi axloqiy mezonlarni surib o‘tish uchun hozirlab qo‘yilgan. Mijozlarga esa ayollarni bu maskanning o‘zi yetkazib bergan.

Binoning ikkinchi qavatida esa ayollar uchun hozirlangan betartib xona bo‘lib, ularning ishdan keyin qolib, dam olish uchun mo‘ljallangan. Bino boshqaruvchisi so‘roqqa tutilganda bu holatdan xabari yo‘qligini ma’lum qilgan. 

Uyushtirilgan reydlar davomida Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uyda joylashgan bir xonadonga yollanma “mijoz” kiritilgan. Gumonda bo‘lgan bu uydagi ikki ayoldan biri mijozni kutib olishga tayyorgarlik ko‘rayotgani aniqlangan. Xonalar ko‘zdan kechirilgach, bu holatni tasdiqlovchi ashyoviy dalillar ham topilgan.

Fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ayolning aytishicha, u moddiy qiyinchilik tufayli bu ish bilan shug‘ullanib kelgan.

Toshkent shahar IIBB tomonidan ushbu holatlar yuzasidan bayonnoma tuzilib, kerakli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Bundan tashqari, reydlar davomida Toshkentdagi bir qancha SPA va massaj salonlari, tungi klub va chilimxonalar o‘z faoliyatini yashirish uchun go‘zallik saloni, umumiy ovqatlanish shoxobchasi nomi ostida faoliyat olib borayotgani ma’lum bo‘lgan.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

859

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing