Toshkentda firibgarlikning yangi turi paydo bo‘lgani aytilmoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda avtomobil eshigi ushlagichiga qulf ilinganligi va unga xat qistirilganligi aks etgan foto va videolar tarqalib ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi izoh berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv va o‘rganishlar natijasida shahar IIBB va uning quyi tizimlariga bu kabi holatlar yuzasidan murojaat kelib tushmagani aniqlangan.

“Agar siz bilan shu kabi holat sodir bo‘lgan bo‘lsa yoki shu kabi holatga duch kelsangiz, shuningdek ushbu shaxs haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz 71-206-42-54 yoki 102 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingizni yoki 97-778-99-65 telegram raqami orqali xabar berishingizni yoxud yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi IIBB xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2603

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing