Toshkentda farg‘onalik o‘zini simyog‘ochdan tashlashga urindi

Jamiyat

image

Farg‘onalik 34 yashar Doniyorbek D. Toshkentning Bektemir tumanidagi simyog‘ochdan o‘zini tashlashga uringanida, qutqarib qolindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda. 

Fayd etilishicha, Telegram messejerida tarqagan videoda IIO xodimi va fuqarolar noma’lum shaxsni yuqori quvvatli elektr tarmoq ustunidan tushishini iltimos qilayotganlari aks etgan. 

4 mart kuni taxminan soat 17:45 da erkak kishi “Qo‘yliq” bozori hududidagi yuqori quvvatli elektr tarmoq ustuniga chiqqani Bektemir tumani IIO FMB xodimlarining nazariga tushdi. Ustundan tushishini iltimos qilganlarga javoban u o‘z joniga qasd qilish niyati borligini aytgan. Toshkent shahar IIBB xodimlari noxush hodisanining oldini olib, uni qutqarib qolganlar. 

Noma’lum erkak – farg‘onalik muqaddam sudlangan 34 yoshli Doniyorbek D. ekani va u spirtli ichimlik ta’siridaligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda D.D. Toshkent viloyati klinik psixiatriya shifoxonasiga joylandi, shifoxonada u bilan psixologlar ishlamoqdalar.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

239

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing