Toshkentda erkak spirt bilan o‘zini yoqib yubordi
3-sahifa
−
25 aprel 2023
8679Toshkent shahridagi xonadonlarning birida yashovchi erkak spirtli ichimlik ta’sirida o‘zini yoqib yubordi. Bu haqda “Millar”da xabar berildi.
Unda aytilishicha, mazkur erkak rafiqasi bilan juda ko‘p janjallashgan va doim asabiy holatda yurgan. Hodisa sodir bo‘lgan tunda ham ayoli bilan dahanaki urishib olgan. Erkak avvaliga uyga o‘t qo‘yishini aytgan. Birozdan so‘ng spirtli ichimlik ta’sirida mast bo‘lib qolgan va o‘zining ustidan etil spirtini quyib yoqib yuborgan.
Shifokorning ta’kidlashicha, bemor markazga olib kelinganda og‘ir ahvolda bo‘lgan. Unda 35% kuyish jarohati aniqlangan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalar natijasida ahvoli biroz yaxshilangan.
“Bemor tez yordam orqali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan. Kelgan vaqtda ahvoli og‘ir edi. 35% kuyish jarohatini olgan. Jarohatlari turli xil chuqurlikda. Bemorning boshi, tanasi va ikki qo‘l-oyoqlari alangadan kuygan. Olib borilgan tezkor tibbiy yordam natijasida hozirda uning ahvoli biroz yaxshilangan”, deydi reanimatolog.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi