Toshkentda elektrmobillarni quvvatlash tizimlari o‘rnatiladi

Jamiyat

image

Joriy yildan elektrmobillarga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma ob’ektlarini yaratish ishlari boshlanadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ilovasida belgilangan.

Unga ko‘ra, mamlakatda elektrmobillar uchun xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi yaratiladi. Joriy yilning sentyabriga qadar rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish asosida tahliliy material tayyorlanadi.

Shuningdek, sentyabrga qadar elektrmobillarga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma ob’ektlari yaratiladigan aniq joylar o‘rganib chiqiladi.

2021 yilning yanvarida esa Toshkent shahrida MEK 61851-1-Mode 4 standarti bo‘yicha ikkita tezkor zaryadlash tizimlari o‘rnatilishi va ishlashi rejalashtirilgan.

Ijro uchun Energetika, Innovatsiya va Transport vazirliklari mas’ul etib belgilangan. 


Maqola muallifi

Teglar

elektrmobil'

Baholaganlar

140

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar