Toshkentda dzyudo bo‘yicha JCH boshlandi. O‘zbekiston ilk medalga yaqin turibdi

Sport

image

Bugun, 6 oktyabr kuni Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati bellashuvlari start oldi. -60 kgda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Dilshodbek Baratov musobaqani g‘alaba bilan boshladi. Baratov Xalqaro dzyudo federatsiyasi jamoasi tarkibida ishtirok etayotgan Muhammad Akkushni mag‘lubiyatga uchratdi.

Keyingi bosqichda Dilshodbek ukrainalik Artyom Lesyukni "ippon" bahosi bilan dog‘da qoldirdi. Nimchorak finalda Baratovga raqiblik qilgan koreyalik Li Xarim uchta "shido" olib, mag‘lubiyatga uchradi. Chorak finalda Dilshodbek Baratov Isroil vakili Yam Volszakga qarshi tatamiga chiqdi va  "vazari" bahosi bilan g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. Baratov mazkur bosqichda mo‘g‘ulistonlik Ariunbold Enktaivanga Golden Score'da imkoniyatni boy berdi. Endi Baratov bronza medali uchun kurashda qozog‘istonlik Yeldos Smetovga qarshi tatamiga chiqadi.

Ayollar o‘rtasida -48 kg vaznda O‘zbekiston vakilasi Xalima Qurbonova ilk bosqichda turkiyalik Merve Azakni Golden Score'da "shido"lar hisobiga ko‘ra mag‘lub etdi. Keyingi bosqichda Qurbonova italiyalik Assunta Skuttoga imkoniyatni boy berdi. 

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati bahslarida 82 ta mamlakatdan 571 nafar dzyudochi 14 ta vaznda sovrinli o‘rinlar kurashishmoqda.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing