Toshkentda dorilarni 10,5 ming dollarga noqonuniy sotayotganlar ushlandi
Jamiyat
−
06 may 2021
3134Toshkent shahar Yunusobod tumanida dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.U. va Sh.Sh.lar dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish orqali noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, fuqaro E.J. 500 ta konvalyuta “ENOX 4000 anti-Xa IU/0/4ml” dori vositasini har bir konvalyutasini 220 ming so‘mdan (21 AQSH dollari) hisoblab, 10 500 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi