Toshkentda dorixona sotuvchisi qo‘lga olindi
3-sahifa
−
01 iyun 2021
4438Toshkent shahri Chilonzor tumanida inson salomatligiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan va saqlab kelayotgan dorixonaning norasmiy sotuvchisi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Malum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda “S.” MCHJga qarashli dorixona norasmiy sotuvchisi U.X. va boshqalar xaridorga inson salomatligiga kuchli ta’sir qiluvchi, 3 dona “Regapen” va 2 dona “Zardeks” nomli dori vositalarini, jami 90 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, tadbir davomida dorixonada muomalaga kiritish uchun saqlab kelinayotgan 17 dona “Tropikamid”, 19 dona “Regapen”, 54 dona “Selofen” va 63 dona “Zardeks” dori vositalari aniqlangan va ashyoviy dalil sifatida olingan.
Ekspertiza xulosasida 65 dona kapsuladagi “Zardeks” dori vositasi qalbakiligi, shuningdek ushbu dori vositalari tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjudligi qayd etilgan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini o‘tkazish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda
Sardor To‘lanboyev
LiveBarchasi