Toshkentda darz ketgan uyni qurgan pudratchi 8 yilga “kesildi”
3-sahifa
−
12 fevral 2023
16951Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumanida yangi qurilgan ko‘p qavatli uy devorlari xonadonlardan birining devori ichidan darz ketgani aks etgan suratlar tarqaldi. Holat yuzasidan tuman hokimligi ma’lumot berdi.
Mirzo Ulug‘bek tumani Mag‘rur ko‘chasi 55B-uy manzilida joylashgan ushbu uy, xususiy uy joy sifatida "Quyun" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari A.Z. va boshqalar tomonidan qurilgan.
Qayd etilishicha, 2022 yil 18 fevral kuni prokuratura tomonidan "Quyun" MCHJ rahbari A.Z. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksning 186-moddasi 4-qismi "a","b" bandlari, 168-moddasi 4-qismi "a" bandi va 229-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishida to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, A.Z. akasi R.Z. bilan Mag‘rur ko‘chasi, 55B-uy va boshqa manzillarda shaharsozlik normalari va qoidalarini jiddiy ravishda buzgan holda, 3 qavatdan iborat bo‘lgan sifatsiz uylarni qurib, aldov yo‘li bilan fuqarolarga sotgan.
Yuqoridagi holatlar bo‘yicha sud hukmi bilan A.Z.ga 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Uning akasi R.Z. tergovdan yashiringani sababli unga qidiruv e’lon qilingan.
"Fuqarolarga to‘lanadigan kompensatsiya masalasi Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasida ko‘rilayotganini ma’lum qilamiz", deyiladi xabarda.
LiveBarchasi