Toshkentda dang‘illama to‘y qilgan fuqaro javobgarlikka tortildi
3-sahifa
−
20 Oktabr 2020
34718Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi ko‘p qavatli uyda o‘tkazilgan to‘y marosimi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Unda fuqaro karantin qoidalariga zid ravishda to‘y o‘tkazayotgani, to‘yga taklif qilingan mehmonlar 150 kishini tashkil etishi aytilgan.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holatga munosabat bildirdi. Unda qayd etilishicha, ushbu to‘y joriy yilning 17 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan va to‘y egasi javobgarlikka tortilgan.
“To‘y tadbiri suratlarini o‘rganish davomida mazkur tadbir tashkilotchisi 53 yoshli Akmaljon A. ekanligi aniqlandi”, deyiladi IIBB xabarida.
Ta’kidlanishicha, tadbirdan ikki kun avval, joriy yilning 15 oktyabr kuni Uchtepa tumani IIO FMB 7-son ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori kapitan O.Rahimov Akmaljon A. bilan amaldagi karantin qoidalari haqida tushuntirish suhbati o‘tkazgan. Ammo fuqaro ogohlantirshlarga qaramasdan, 40-45 kishini taklif qilgan.
Mazkur fakt asosida Akmaljon A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarligi to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hujjatlar Uchtepa tumani DSENMga yo‘naltirildi, natijada qoidabuzarga 4 446 000 so‘mlik jarima solindi.
LiveBarchasi