Toshkentda Damas yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 30 dekabr kuni soat 18:10 larda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Damas avtomobili daraxtga urilib, yonib ketdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Hodisa Bunyodkor shoh ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan I.M. Damas rusumli avtomobilda “Toshkent-Yangiyo‘l” yo‘nalishida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. Zarb oqibatida avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.

Natijada, haydovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilagan.

Mazkur hodisa yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent yong'in

Baholaganlar

349

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing