Toshkentda Cobalt ayanchli YTHga uchradi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Sergeli tumanida Cobalt haydovchisi yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi. 

Kecha, 12 mart kuni soat 21:30 da 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi X.U. Cobalt rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda yo‘l chetidagi reklama banneriga borib urilgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

“Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirobod tumanida Matiz yonib ketgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Cobalt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing