Toshkentda savdo markazidagi chegirma sabab olomon to‘plandi
Jamiyat
−
23 aprel 2022 21104 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanidagi “Atlas” savdo majmuasida maishiy texnikalar uchun 70 foiz chegirma bo‘layotgani haqida xabarlar ortidan, ko‘plab fuqarolar ushbu savdo majmuasida to‘plangani aks etgan videolar tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati olomon to‘plangani aks etgan videolarga munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur do‘kon yopilgani sababli arzonlashtirilgan narxda sotuv bo‘lmaydi.
Live
Barchasi