Toshkentda BYD piyodani urib ketdi
3-sahifa
−
26 aprel
6047Kecha, 25 aprel kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida BYD rusumli avtomashina piyodani urib yubordi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 13:30 da Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasida BYD rusumli avtomashina boshqaruvida bo‘lgan 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqa bir 2003 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida 1997 yilda tug‘ilgan erkak Lacetti bilan piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan bir guruh odamlarni urib ketgani xabar qilingan edi. Hodisa oqibatida 3 nafar farzandning onasi bo‘lgan 33 yoshli ayol vafot etgan.
LiveBarchasi