Toshkentda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelingan “hujra” aniqlandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida 25 yoshli fuqaro yashirincha “hujra” tashkil qilib, voyaga yetmagan bolalarga diniy saboq berib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.  

Qayd etilishicha, 1996 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan fuqaro Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashirincha “hujra” tashkil qilib, jami 25 nafar bolaga “Arab alifbosi”, “Tajvid”, “Qur’oni Karim”, sura va oyatlaridan diniy saboq berib kelayotgani aniqlangan.

Xabarga ko‘ra, huquq tartibot idoralari xodimlari xolislar ishtirokida fuqaro S.A. tomonidan diniq saboq berilayotgan xonadondan 18 dona “Qur’oni Karim” va 6 dona “Muallimi soniy” kitoblaridan daliliy ashyo tariqasida olgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

478

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing