Toshkentda BMW 850i ishtirokida YTH yuz berdi. 8 ta mashina shikastlangani aytilmoqda

3-sahifa

image

Bugun, 6 noyabr kuni Toshkent shahrida BMW 850i rusumli qimmatbaho avtomobil bir nechta avtomobil to‘qnashib yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda video va suratlar tarqaldi.

Videolarga berilgan izohda aytilishicha, YTH Yunusobod tumani davlat soliq inspeksiyasi qarshisda, Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan.

YTHga Nexia-3 avtomobilining BMW 850i yo‘liga chiqib qolishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. “Inomarka” haydovisi Nexia-3 dan qochishga urinib, Malibu bilan to‘qnashgan. Mashina keyin ham bir qancha avtomobilga zarar yetkazgan.

YTH da jami 8 avtomobil zarar ko‘rgani aytilmoqda. Izohlarda aytilishicha, birgina BMW 850i`ning200 ming AQSH dollariga teng.

Hodisada halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan hozircha rasmiy ma’lumot berilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

542

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing