Toshkentda elektrobusning harakatlanishi o‘zini oqlamasligi aytildi

Jamiyat 3715
image

Toshkentda bitta elektrobus kamligi, bitta transport vositasi uchun quvvat olish stansiyasini ishlatish va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni yollash moddiy jihatdan o‘zini oqlamaydi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligida 27 noyabr, chorshanba kuni Belarusdan tashrif buyurgan mehmonlar bilan uchrashuvda aytib o‘tilgan.

Myehmonlarni qarshi olgan hokimning arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Davron Xidoyatov poytaxt aholisi elektrobusga o‘rganib qolgani, ular uchun ushbu transport turi odatiy bo‘lib qolganini ta’kidlagan.

Biroq butun shahar uchun bitta elektrobus kamligi, bitta transport vositasi uchun quvvat olish stansiyasini ishlatish va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni yollash moddiy jihatdan o‘zini oqlamasligi aytilgan. Istiqbolda O‘zbekistonda elektrobuslar ishlab chiqarish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

“Upravlyayushaya kompaniya xoldinga Belkommunmash” OAJ bosh direktori Vladimir Korol elektrobusning sinov tariqasida foydalanilishi bilan bog‘liq xodimlarning yuqori malakasi va aholining qiziqishiga alohida urg‘u bergan. 

“Biz elektrobuslar miqdorini ko‘paytirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kabi maqsadlarda qator choralarni amalga oshiruvchi ishchi guruhni tashkil qilishga va texnik topshiriqni ishlab chiqishga tayyormiz. Ma’lumki, O‘zbekistonga qo‘shni davlatlar elektrobusdan foydalanish tajribasini e’tibor bilan kuzatmoqda va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z buyurtmachilarini topishiga ishonchimiz komil”, degan Vladimir Korol.

Uchrashuvda elektrobuslar harakatlanishi uchun alohida harakatlanish chizig‘ini ajratish masalasi ko‘rib chiqilgan. Bu, o‘z o‘rnida, quvvatni 30 foizga tejashga, harakatlanish tezligini oshirishga va yo‘lovchilar sonini oshirishga yordam beradi.

Ma’lum qilinishicha, mehmonlar toshkentlik mutaxassislar delegasiyasini Minsk shahriga tashrif buyurib, muhokama qilinayotgan masalalar bo‘yicha aniq yechimlarga kelish taklifini bildirdi.

Avvalroq, elektrobuslar uchun BMT O‘zbekistonga 4 million dollar ajratishi haqida xabar bergan edik.

Shahnoza To‘ramurotova

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 54
Reyting: 2.9
t
×